понедельник, 30 июня 2014 г.

Bahrom Isroilov







Дўстлик
Кунларнинг бирида Анвар катта қарзга ботиб қолди, у оилада битта фарзанд еди, хеч қайердан пул топа олмагач менинг ёнимга пул сўраб келди, ўша пайитлари ўзимга хам пул жуда зарур еди, тўйимга саноқлик кунлар қолган еди, лекин остонамга умит ила келган дўстимнинг илтимосини хам қайтара олмас едим, уйга кириб икки юзминг пул олиб чиқтим.
-дўстим биламан бу пул сенинг қарзингни тўлаш учун етмайди лекин мени топканим шу бўлди
-нимага хижолат бўласан Баҳром аслида мен уялишим керак
Дедида снифдошимиз Азизнинг олдига кетди ертаси куни Анвар яна бизникига келди у жуда хурсанд еди қўлида еса мен кеча берган пуллар
-Баҳром мана дўстим кеча берган пулларинг
-Ийи Анвар тинчиликми?
-Ха тинчилик кеча Азизни олдига бориб унга ахволим жуда ёмонлигини, менга еса пул хаводак зарур еканлигини айтиб вазиятни тушунтирдим, у еса хоп Анвар ертага кел деди, мени жахлим чиқиб майлида дедимда сўнг ўз уйимга кетдим. Ертаси куни но илож яна Азизларникига бордим, у еса менга зарур бўлган ўша беш милион сўмни олиб чиқиб берди
Дея хурсандлигидан ўз ичига сиғмас еди мени бир савол роса ўйлантирар еди, ахир Азизнинг оилавий шароити оғир бўлса бўнча пулни қайердан олди екан а, орадан икки ой ўтди Анвар билан кўчамиз бошада учрашиб қолдик, салом алик қилиб сухбатлашиб юриб- юриб Азизларнинг уйи қаршисига хам келиб қолибмиз, лекин нимагадир Азизларнинг уйидан тинмай йиғи аралаш жанжалнинг овози ешитилар еди, секин бориб ойнадан уй ичини кузаттик, Азизнинг онаси йиғлаб,
-Нималар қилиб йурибсан сен бола? шунча пулни қайердан топамиз? нима қилдинг шунча пулни? нимага сутхўрлардан қарз оласан?
Деганини ешиттию Анвар негадир йиғлаб йуборди,
-Анвар тинчиликми дўстим нега йиғлаяпсан?
-Баҳром билисанми бир куни дуконда савдо қилаётсам, Азиз келиб онасини туғилган кунига женфер совға қилмоқчи еканлигини айти, ва мен унга енг яхши женферларни кўрсатдим, у биттасини танладида пулини икки хафтадан кейин беришини айти мен еса унга ишонмай узир сўраб яхши гапириб қўлидан женферни олиб қўйдим, у еса майли сени тушунаман дедида дукондан чиқиб кетди, мен учун бечора Азиз нималар қилипта а, мен хасис еса ундан еллик минг сўмлик женферимни қизғониб ўтирипмана, мен нодон
Дея тинмай йиғлади, ха манашу Азизнинг қилган ишини хақиқий дўстлик дейишади, сиз хам ўз дўстларингизга қўлингиздан келганча ёрдамингизни аяманг, чунки дўстликни хеч қандай бойлигу мансаб билан теглаштириб бўлмайди, сабаби у БЕБАХО!

                                                                                    Исроилов Баҳромбек 16.07.2014  15:28






Senga omad tilaganday kulib turadi,
Jonin berguchidak kuyib-suyadi,
O’grilsang ortingdan toshlar otadi,
Pulinga do’st bo’lib senla yurganlar,

Unutma seni suygan ota-onangni,
Seni  yaratib qo’ygan Alloh taloni,
Balki unutgandir bular? shu ikki zodni,
Pulinga do’st bo’lib senla yurganlar,

Nafs botqog’iga ko’milgan do’stlar,
Tunu-kun foydalanar tinimsiz sendan,
Bular asli kim deya so’ragin menda,
Pulinga do’st bo’lib senla yurganlar,

Seni bir bankamat deb o’ylaydi ular,
Sen joning berasan shu do’stlaringa,
Bir razm solginchi kim asli ular,
Pulinga do’st bo’lib senla yurganlar,

                                                     Isroilov Bahrombek  10,07,2014  11:59




Sog’inch a’zoblari qiynaydi hamon,
O’zga bir inson erkalar seni,
Sochlaring silaydi yuzing upadi,
Men telba oshiqni qiynagan hayol,

Yengib o’tamiz ishon bu dardni,
Bu dunyoning alam g’amlarin,
Seni eslamayman deymanu GULIM,
Lek seni xotirang yoqar yuragim,

Yengilma bu taqdirning a’zoblariga,
Kulib qarshi olgin har qanday dardni,
Shuni bilki doim hayolan seni,
Bag’rimga bosgancha darding olaman,

Kun kelar seni ko’rganda GULIM,
Senga qarab kulib turaman,
Qancha dardu, qancha sitamlar,
Meni qiynaganin sezmaysan GULIM.
                                          Isroilov Bahrombek   09.07.2014   11:33 M,H









Maqola Ukraina!


Bugungi kunga kelib Ukraina butun dunyoning e’tibor markaziga aylandi desak hato bo’lmaydi! Bugun erta tongdan Ukrainadagi voqealarni ko’rdimu, Alloxga takror va takror shukrona aytdim...... U yerda bo’lib turgan voqealar uchungina emas balki, shunday tinch, osoyishta, jannatmakon o’lkada yashab turganimizga..... bazida ayollarning gazdan, yoki bo’lmasam svetdan nolib qolganlarini eshitib qolamiz..... Ahir Tailandning qaysidir yerlarida gaz nimalagini, Afrikaning qaysidir qishloqlarida svet nimaligini bilmay bir burda nonga zor bo’lip o’tirganlar qancha.....? siz juda bahtli insonsiz desam ishonasizmi.....? bir o’zingizga razm soling qanday holatdasiz yegani ovqatingiz, kiygani yangi kiyimingiz, agar zerikib qolsangiz istirohat bog’lar, bir qadamgaham olib borib qo’yadigon taxilar...... Nima uchun shu holatingizga ham shukrona aytmasdan nolib qolasi......? Ahir Hindistonning eski uylari tomida o’tirib suv toshqinlari tugashini kutib o’tirgan,  yoki bo’lmasa Ukrainada o’q ovozlaridan dod deb qo’rq’uv bilan uyquga ketib qo’rquv bilan uyog’onib qo’rquv isganjasida yashab yurgan bo’lishingiz ham mumkin edi..... Bugun Ukraindak shahar ayollarning dod faryodi, chaqaloqlarning tinimsiz yig’i ovozlaridan larzaga kelmoqda...... Manashu gaplarni o’qib turib yana bir bor o’zingizga razm soling, qachon o’zingizga ertaga uyg’onamanmikan degan savolni bergansiz......? yoki bo’lmasam qachon yurakda vahima bilan uyg’ongansiz.......? Boshqa shaharlarga bir e’tibor beringa, bolalar maktabga borish uchun eski maktab formalarni keyib maktabgacha bo’lgan 7 8 Km masofani piyoda bosib o’tishadi...... Yana qaysidur shaharda Bolasni maktab pulini to’lash uchun yarim kun ishlashga ma’jbur ota-onalarni uchratib qolamiz...... Bizda shunday bepul bir-biridan chiroylik ta’lim maskanlari bo’lsada uning qadriga yetmaydigon bolalarga manashu gaplarni eslatib qo’yishimiz kerak......! dar haqiqat O’zbekistonning bekorga jannat makon o’lka deyishmas ekan.....! Dunyoning  barcha yirik shaharlarini kriziz vahima solib, qanchadan qancha insonlarga a’zob berib turgan bir payitda, bizning o’lkamizda obodonlashtirish ishlari..... yaxshi tarafga o’zgarishlar.....yangi bino, inshoatlar qad ko’tara verdi! Buning uchun yurt boshimiz I,A,Karimovga tashakkurlar aytishimiz kerak......! men O’zbekistoning ertangi kelajagi bo’lgan barcha farzandlari nomidan aytishim mumkinki. O’ZBEKISTON KELAJAGI BUYUK DAVLAT!                                                   Isroilov Bahrombek  22,05,2014 19:11




Ma’qola! Internet!
Ommaviy internet tarmoq sistemasi..... bugungi kunning 21-asrning haqiqiy mo’jizasi.... uzoqni yaqin, mushkulni oson qiluvchi bu tarmoqdan bugun qanday foydalanyapmiz.....? shahar ko’rki ko’rk bag’ishlab turgan internet kafelarda, yoshlarimiz nimalar bilan band......? naxot bu holatlar hech kimni qiziqtirmasa.....? Ondoklassniki.ru, Facebook.com, Twitter.com kabi saitlar aslida do’stu birodlar bilan elektron maktub orqalik gaplashish uchungina kashf qilingan..... bugungi kunga kelib esa manashu saitlarni o’z ma’nfati yo’lida ishlatib yoshlarimiz ongini zaharlab turganlar ham yo’q emas.....? tungi kapalak nomini olgan ayrim kimsalar manashu Odnoklassniki.ru saitini o’zlari uchun ov hududiga aylantirishdi.....? ayrim gruppalar ayrim niklar bunga asos bo’la oladi..... ahir ular joylashtirgan yarim-yalang’och sharm hayosi yo’q suratlar yoshlarimiz e’tiborini qanday tortmasligi mumkin......? odnoklassniki.ru saitidagi qizlarmizining hayosiz gappalardagi ularning kiyimsiz holda tushgan suratlariga nima deysiz.....? naxot O’zbek qizlarining bugun ahvoli shu bo’lsa......? lekin besh qo’l barobar emas manasha saitlardan tog’ri foydalanib turgan qizlar ham yo’q emas.... 2012- yil statistikasi bilan bir tanishib chiqing  Odnoklassniki.ru 725622 Facebook.com 521132 PornoXXXX 98555625 kitob 132 manabu achinarlik holatni ko’rib bugun yoshlarimiz aslida nima ishlar bilan bandligini o’ylab qoldik..... Barchangiz farzandlaringizga oxirgi nusxadagi telefon aparatlarini olib bergansiz lekin uni ichida nimalar borligigi bir marotaba bo’lsada qiziqqanmisiz......? naxot bularning siz uchun hech qanday ahamiyati bo’lmasa......? 2012-yilning Qishida bir voqeaga duch keldi..... Bir do’stimiz Twitter.com saitidan boshqa bir kimsani nomiga elektron manzil ochadi, va o’sha insonning surati o’sha insonning nomi bilan faoliyat yuritadi..... kunlarning birida bir qiz bilan tanishib qoladi, u bilan hech qancha vaqt o’tmay juda yaqin musobatga kirishib ketadi..... va bularning orasidagi munosabat shu darajaga yetadiki hattoki tungi holatlarni muhokama qilib chiqishadi u yerda bo’lgan gaplarni hattoki o’qishning o’zi uyat..... shunda ular uchrashishga kelishishadi, yigit kelishilgan vaqtda 30 daqiqa oldin borib kutib o’taridi, u qiz nomalum raqamdan qo’ng’iroq qilib qayerdaligini so’raydi, qiz esa uni topib keladi, yigit ne ko’z bilan ko’rsinki u qiz o’z tug’ishgan opasi ekan......! Azizlar bugun Internet tarmoqlaridan aql bilan foydalanaylik! Zero bu o’zimiz uchun ham ja’miyat uchun foydalik.... shu qatorda ota-onalarimizga ham bu holatlarga e’tiborsiz qolmay, farzandlari nimalar bilan band ekanligiga ham e’tiborlik bo’lishlarni so’rab                                                                     qolamiz.                                                                                        Isroilov Bahrombek  27.05.2014  9:15









Inson hayoti davomida juda ko'p hato, juda ko'p yalnishliklarga uchrar ekan.... Bazida samimiy tabassum, shirin so'zlar, tinimsiz smsu qo'ng'iroqlarning, haqiqiy sevgining boshlanishi deb o'ylar ekanmiz..... ba'zida seni uchun jonini beradigan do'st ko'zga ko'rinmas ekanu! lekin bir parcha Americalik hazinachi Franklinning surati tushirilgan qog’oz (Dollar)  do'stimizdan afzal bo'lib qolar ekan. Qanday beshavqat dunyo?..... yohud qanday beshavqat insonlar?...... Nega hozirgi insonlar orasida mehir, oqibat, sog'inch, insof, va sevgi, degan tuyg’ular qolmayapti?..... nima uchun? agar zerikib qolsangiz sevganinggizga yoki do'stingizga qo'ng'iroq qilish o'rniga. Odnoklassnikidan dildosh izlab qolasiz?...... nima uchun? sizni deya bor yug'idan vos kechadigan, yuragi sevgiga to'lsa insonni qadriga yetmyasizu, lekin sizni doim a'zoblaydigan boshqasiga intila verasiz? Qanday g'aroyib dunyo?.... yohud qanday g'aroyib insonlar? Barcha futbol yulduzlarni taniysizu lerkin devor qo’shningizni kimligini bilmaysiz, internet orqalik dunyoni narigi chetidagi qizdan hol ahvol so’raysizu, lekin ikki mavzey narida yashovchi ota-onaggizdan habar olmaysiz? Nima uchun? kasal do’stingizni ko’rgani bormaysizu lekin mashhur bir honandaning konsertini oylab kutibib bo’lsada borasi? Qanday oqibatsiz dunyo..... yohud qanday oqibatsiz insonlar......  nima uchun insonlar yolg'iz? nima uchun insonlar Dardlik? nima uchun insonlar Homush nahot bularning hammasi usha sevgi, va bir parcha qog'oz bulakalriyu.... nafs deb atalmish balo sabap bo'lsa? Yaqinlaringizga vaqt ajrating yo'qsa vaqt yaqinlaringizdan ajratadi!                        Isroilov Bahrombek! 17.04.2014 17:39!



O’z ayolini unutgan erlar!
O’z ayoli ko’ziga hunuk ko’rinsa!
O’zga bir ayolni jonim deb tursa!
Mehirni o’zidan emas ko’chadan ko’rsa
O’z ayolini unutgan erlar!

Hiyonatla ko’milagan dengizdir ular!
Ayoli intizor kutgan kechalar!
Baru restorandan tunni o’tkazar!
O’z ayolini unutgan erlar!

Qandaydir foxishani go’zal deb tursa!
Hiyonatdan keyin kulib ham tursa!
Nahot vijdonini qabrga ko’msa!
O’z ayolini unutgan erlar!

Farzandiga mexr qo’yganmi ular!
Yoki mexrni zino tushinar!
Bir kun qilmishini anglab ham yetar!
O’z ayolini unutgan erlar!

Mexirni foxisha emas ayoling berar!
Umring u bilan oxirga yetar!
Sevaman degin unga shu yetar!
O’z ayilini unutgan erlar!
Yana qaytib ayolini qumsagan erlar!                   


                                                                   Isroilov Bahrombek                         25,06,2014  9:56




Ma’qola! Yangi kun!


Bugun yangi kun, ajoyib kun, siz uchun omad keltiradigan bu kundi kulib qarshi oling…..! hayotga kulib qarang, hayotning hursandchiliklarini o’z vaqtida qilib qoling….!  Yaqinlaringizga qo’ng’iroq qiling…. O’lar bilan diydorlashing….. axir siz juda ham baxtli insonsizku to’g’rimi…..! hayotning qiyinchiliklariga e’tibor bermang u bugun bor ertaga yo’q….. siz baxtli insonsiz! shuning uchun baxtingizni boshqalar bilan ham baham ko’ring….. ovozingizni boricha men baxtli man deya hayqiring…. Aslo g’amim bor, tashvishim bor demang, nima u tashvish? Nima u g’am? Deya javob bering…. Axir siz juda baxtli insonsizku, Alhamdullilah musilmonmiz, mana bizning baxtimiz, boshqalarga qanday yashashni o’rgating…. aslo qiyinchilik haqida o’ylamang u siz uchun begona narsa! sizdan juda yiroq narsa! Kuling hayotdan bahra olib yashang!                 12,06,2014  9:54











1 комментарий: