пятница, 27 июня 2014 г.

Sherzod Isroilov



Agar ba’zi birlar seni ranjitsa, Azob otashida o‘rtanma butkul! O‘zing bilasanki, hammani esa Ko‘nglini bir hilda olmoqlik mushkul. Ba’zida joningni jabborga berib, Asl haqiqatni so‘zlaganing dam, Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib Mumkin seni nodon deyishlari ham. Bordi-yu, yaxshini desang ham yomon, Aminman topilur senga tarafdor. Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg‘on, Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor. Demak, shunday ekan, yolg‘on gap sotib, Nopoklar ko‘ngliga bo‘lgandan ma’qul. Do‘stim, haqiqatu rostini aytib, Faqat, vijdoningni buyurganin qil! (Гийбатлар килишдан бутунлай кочгил)




Nimalarni istamaydiya ko'ngil, Quloq tutsang bu ko'ngilni so'ziga. Akamisiz opamisiz yo singil, Har kimsani insof bersin o'ziga. Yashirsangiz bandasidan yashiras, Ko'rinadi hudoyimni ko'ziga. Har insonki insonlarga bo'lsin hos, Har kimsani insof bersin o'siga. Shundaylar bor qarab inson ko'ziga, Qasamlarni qo'shib aytar so'ziga. Bilolmaysiz boqib uning yuziga, Har kimsani insof bersin o'ziga. Do'st dilidan o'chmasin hech diyonat, Yor yoriga qilmasin hech hiyonat. Bu dunyoga barchamiz bir omonat, Har kimsani insof bersin o'ziga.       Sherzod Isroilov!









Yig'lama jonim boshingni egib,
Men ham qiynab qilmayman so'roq.
Yashasang bas... kimnidur sevib.
Seni baxting mendan muhimroq,
Meni sevmabsan- u yuragim berdim,
Naqadar azobdir aldanib sevmoq.
Mensiz baxtli bo'lsang... men nima derdim,
Seni baxting mendan muhimroq.
Menga tikon sanchdi o'zimni gulim,
Duo qilay gulim, ko'rmagin zulm.
Iforingga o'taman chanqoq,
Seni baxting mendan muhimroq,
Baxting uchun o'zimdan tonaman.
Baxtli bo'lsang baxtga qonaman,
Meni sevmagansan buni bilaman.
Seni baxting mendan muhimroq.
To'yingga borsam yo'l qo'yib g'urur,
So'z berishsa tanish oshiqqa Dimog'im bo'g'ilmay aytaman mag'rur, 
Seni baxting mendan muhimroq. 
Tanam uzra tortilsa tuproq,
U dunyoda boshlansa so'roq Nega o'zingni o'ldirding gumroh? 
Uning baxti mendan muhimroq...!     

3 комментария: