среда, 25 июня 2014 г.

Marhabo Karimova

Bir sahroyi ayolning
O'g'ilchasi sho'x ekan.
Undan zarar ko'rmagan,
Biron kuni yo'q ekan.

Qozondagi taomin,
Tepib qochib ketarkan,
Meshidagi suvini,
Sepib qochib ketarkan.

Qarg'ar ekan bolasin,
Qilolmasdan epini.
Qirqib qochganida kir
yoyadigan ipini:

"Hoy, ipimni qirqmagin,
Qalbingga ilm to'lgur.
Hoy, meshimni teshmagin,
Ka'baga imom bo'lgur!

Sichqon dumin kesmagin,
Beozor bo'l, to'g'ri yur.
G'arib yo'lin to'smagan,
Ka'baga imom bo'lgur".

Demas ekan: "Juvonmarg",
"Haromi", "Maraz", "O'lgur".
Bitta ekan qarg'shi:
"Ka'baga imom bo'lgur!"

Niyat ketdi, vaqt o'tti,
Misli yel yo shabada.
Shu onaning, shu o'g'li
Imom bo'ldi Ka'baga.

Ne-ne shohu sultonlar,
Orqasidan turib g'oz.
Unga iqtido qilib,
O'qir edilar namoz.

Duo-la shum boladan,
Chiqdi bir xush nafasli
Olim, hofizi Qur'on -
Abdurahmon Sudaysiy.

Nazoratda insonning,
Har so'z, har bir nafasi.
Ibrat bo'lsin bizga bu
Allohning mo'jizasi.

Komil inson ko'rdingmi,
Marxabo, bilki ular - 
Ota-ona, elidan
Duo olgan bolalar.






Galati san'at

Bolani qarg'mang,
Duo qiling bolani.
"It", "Eshak" deb so'kishga,
Hayo qiling, bolani.

Rosululloh derdilar,
Yuzlaridan yog'ib nur:
"Bolalar bu - jannatning
Gulu rayhonlaridir".

Tog'ri ba'zida "Gulu
Rayhon"lar ham kuydirar.
Sho'xligi oshib ketsa,
Joningizdan to'ydirar.

Bobom derdi: "Bolani
So'kmoq asli emas ep,
Jahlingiz chiqsa ayting:
"Nodon", "Xumpar" deb.

"Boy bo'lgur", "Ko'paygur" deng
Aslo demang "O'l", "La'nat",
Shuni bilib qo'yingki,
So'kininsh ham bir san'at.

Qaniydi, payg'ambarday
So'ksangiz, qilsam huzur.
Ul zot derdilar, so'ksa:
"Burning erga ishqalgur".

Tildan chiqqan har so'zda,
Ma'rifat, ziyo bo'lsin.
Hatto so'kishingiz ham
Yaxshi bir duo bo'lsin.

Ixlos bilan qilingan,
Har niyating ushalar.
Har so'zga ko'kda "Omin!",
Deb turar farishtalar.

"It" desangiz, it bo'lib,
O'zingizni qopadi.
"Eshak"dan eshak, har kim
O'z tilidan topadi.

Farzandingiz bilan el
Faxrlanib yashasin.
Itu eshak fe'llardan
Parvardigor asrasin.

Olim, shoir, hunarmand,
Polvon bo'lsin bolalar.
Yurtga kerakli, halol,
Inson bo'lsin bolalar.

Bolangizni so'ksangiz,
"Poshsho" bo'lgur", deb so'king.
"Olim bo'lgur", "Xizrga
Oshno bo'lgur", deb so'king.

Og'izdan chiqqan har so'z,
Marhabo, bilki, kushod.
Inson ma'rifatini
O'lchaydigan darajot.




Muxabbat vizasi

O'qidim go'zal hikmat:
"Sizning yaxshilaringiz -
Ahli ayoli bilan
Yaxshi bo'lganlaringiz".

So'kinib jaranglatdi,
Erim o'z xonasini:
-Hoy, ruchkamni kim oldi?
He, o'sha, onasini...

Dedim: - Voy, tilingizni,
Zahar bormi qatida?
Bunday xunuk so'z yo'q-ku,
O'zbekning lug'atida.

Esizgina, yoshlikda
Qanday yigit edingiz?!
"Bitta tabassumingga
Jonim fido", derdingiz.

Dedi: - Yigitchilikda,
Aytgandirman aytganda.
O'sha gap turarkanmi,
Yosh ellikka yetganda.

Elligimda, sevgi, deb,
Boshim qotirmay meni.
Topib ber, ellik so'mga,
Olgan ko'k ruchkam qani?

Dedim: - Telefon raqam
Yozgandim, oling, mana.
Dedi: - Ming bor aytaman:
Mening narsamga tegma.

Kabinetim, yo'lagim,
Izim, soyam, vujudim,
Qo'lingni tekkizmagin,
Bari - mening hududim.

Xayol sursam, yo'talib,
Hududimni buzmagin.
Hattoki tushimga ham,
Taqillatmay kirmagin.

Yashash kerak tartibli,
Meniki bu - meniki.
Cho'qilash yo'q, tegish yo'q,
Seniki bu - seniki.

Ko'nglim cho'kdi, muvabbat
To'ydan keyin o'larkan.
Erkak kishiyam shuncha,
Pastlab ketsa bo'larkan?!

Donishmand bo'lar yoshda,
Ongi shuncha tormikin?
Bu dunyoda jentelman,
Erkaklar ham bormikin.

Alam qildi judayam,
Narsasini olganim.
Ellik so'mcha qadri yo'q,
Ayol bo'lib qolganim.

Shuni sekin aytsa-ku,
Baqirib, so'kinmasdan.
"Gah" deganda qo'liga,
Qo'nmasam, odammasman.

Desa: "Ko'rmadingizmi,
Ruchkam yo'qoldi, poshsho?"
Desam: "Uzr, kechiring,
Men olgandim, mavlono".

Desa: "Hijolat bo'lmang,
Borligingizga shukur,
Menga sirdosh, hamxona,
Yorligingizga shukur.

Mening ruchkam-da, sizga,
Talpinib turar o'zi.
Sizni ko'rganda menday,
Yonib ketadi ko'zi".

Der edim: "Oh, azizim!
So'zingiz totli, muncha?
Nima qilay, buyuring?
Qulingizman o'lguncha".

Qanday go'zal muloqot?!
Oh, jonimni qoqardim.
Mosh-guruch sochlarini,
Silab yuzga bosardim.

Har narsa yoshlikdami,
Sog'liq, mehr, oqibat?
Yosh o'tkanda zarurroq,
Bo'lmaydimi muxabbat?!  ...




Ayolga shirin so'zni,
Eri aytib turmasa,
Katta xolasi kelib
Aytadimi bo'lmasa?

Hududin ajratadi,
Erkak bo'lmay  o'larsan!
Bizning hududlargayam
Qo'l uzatib qolarsan.

Ikki kishilik yotoq,
To'shagimga, o'rtaga,
Atirguldan "ip" toprib
Bo'lvolaman jo'rtaga.

Erim: - Bu nima? -desa
Biroz hurpayib pati,
Aytaman: - Bu - tamojniy-
Chegara nazorati.

O'ng tomini - sizniki,
Chapi - mening hududim.
Nogoh sizning tomonga,
O'tib ketmasin qo'lim.

Ehtiyot bo'lib yoting,
Tikani bor, bilasiz.
Menda ishingiz bo'lsa,
Viza bilan kirasiz.

Hali jahli chiqadi,
Deydi: - Bu nima qiliq?
Deyman: Endi yashaymiz,
Qoidali, sip-silliq.

Desa agar: - Yig'ishtir!
Deyman: - Janob, urmang do'q.
Muxabbat vizasisiz,
Bu tomonga o'tish yo'q.

"Seniki-meniki"mish,
Noshukur, mullagarang.
Kech kirsa, qaysi go'rda
Qolar ekan chegarang.

Shunday ekan, yashayver,
Qilmasdan g'iring-piring.
Endi, baribir boshqa,
Uylanishga kechikding.

Bu yog'i qancha qoldi? 
Yerga urmay, poshnagni,
Holin ko'r oltmish yoshda,
Beva qolgan oshnangni.

Uylanay desa chiqqan
Qizlari tumtayadi.
"Kirin yuvyapmiz-ku", deb
Kelinlar xumpayadi.

Tayyor xizmatkor bo'lsam,
Sen uchun pishir-kuydir.
Shukrimni qilmaysanmi,
Ruchkang boshingda qolgur?!

Qariganda ne kerak,
Marhaboga, bir kaft osh.
Tinchlik, sog'liq, muxabbat,
Va bir dono suhbatdosh.

Sen esa yuravergin
Haqman, deb, gap yo'riqlab.
Muxabbatsiz bir pullik
Hududingni qo'riqlab.

Odamlar kulmasa-ku,
Ayrilib, toq o'tardim.
Yo bir dono chol bo'lsa,
Erga tegib ketardim.

Tovba, tovba, yo, Rabbiy!
O'zing shohid har nega,
Shu injiqqa uchratding,
O'zing sabr ber menga.

Faqat Mahshar kun chorlab,
Ayt: "Marhabo, kela qol,
Senga mukofot -jannat,
Na'im, Ma'vo, tanlab ol".

Shu er bilan o'tdimmi,
Jinni bo'lmay, o'lay man.
Jannati Firdavsingdan
Boshqasiga ko'nmayman.




Kelin keldi , yo ' lni och , 

Ne ko' z bilan ko' rayki , 
Kelin yarim yalang' och . 
Sharqning qizi bo ' lganda, 
Bo ' lib sharmu hayosi, 
Bunchalar ochiq- sochiq, 
Bo ' lmas edi libosi . 
- Kelin qaydan? - so' radim 
Bitta kelin - oyidan , 
Kesatdi : - Shu qishloqning 
" Parij" degan joyidan . 
- Yo , tavba ! O' zimizning 
Qizimizmi bu hali ? 
Otabeklar, Kumushlar 
Kiygan liboslar qani ? 
Ko ' ylagi uzuq- yuliq, 
Yelkalari yap - yalang, 
Voy - o' lay ! Qo' ltiqlari 
Ko ' rinyaptiku, qarang . 
Ayol kishi bo ' lsam ham, 
Junjikib ketti etim , 
Ko ' krak yarim ochilib , 
Bo ' b turibdi bir yutum. 
Bu libosda qizlarni , 
Ko ' rgandim kinolarda , 
Bo ' lar edi g ' arbdagi 
Ko ' ngilochar joylarda.


Yozilardi u 
joylar 
Eshigiga hammasin : 
" O' n oltiga to ' lmagan 
Bolakaylar kirmasin" . 
Yopiqqina bo ' lmasmi 
Axir, "siyna " , degan joy 
Hamma ko' rdi , kuyovga 
Nima qoldi endi , voy?! 
Yirtilib ketganmikin, 
Yoki ochgan jo ' rtaga? 
Qaynotasi uyalib 
Chiqib ketti ko' chaga . 
O ' g ' lin so' kar ichida, 
Qanday bo ' g ' ilmay tursin : 
" Uni - u , buni - bu" , deb 
Topgan xotinig qursin . 
Badaniga qarasam, 
Oriyatdan qaqshayman , 
Xotinlar xammomida 
O ' tirganga o ' xshayman. 
Qaynona : "Yelkasini 
Yoping !" deb imlayapti , 
Yanga der : " Yopay desam , 
Kelin unamayapti". 
Qaynonasi garg' azab , 
Ichida der : "To ' y o' tsin , 
Kuningni ko' rsataman, 
Qiz bo ' lmay beting qursin !" 
Ro ' molin uchin bilan, 
Bekitvolib og ' zini , 
Kampirsholar uyalib 
Chetga olar o' zini . Namoyishga 
ochilgan , 
Bo ' yin, qo' ltiq, yanoqlar , 
Ko ' zi bilan " yeb qo' ysam" , 
Deb turipti bo ' ydoqlar . 
Qanday chidab tiripti , 
Kuyov munchalar royish , 
Kelinnnig ziynatlarin 
Qilib qo ' yib namoyish . 
Kuyovga qaradimu , 
Orim keldi , bo ' ldim lol, 
O ' tiribdilar "okam " 
Tirjayvolib bemalol. 
Shom bo' ldi, tugadi to ' y, 
Karnayning o ' chdi uni , 
Tamom bo'' ldi, ming shukr, 
" Ochiq yelkalar kuni ". 
Qasd qildim: to' y qilaman, 
Qizim Osiyoxonga, 
Sharqona to' yliboslar 
Chiqqanida do ' konga.               Marhabo Karimova!

Комментариев нет:

Отправить комментарий